SamDAQU Korrupsiyaga qarshi kurash “komplens nazorat” bo`limi Talabalar dekanati bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining topshirig‘iga asosan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlarida professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar va talabalarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunlarida keltirilgan “Korrupsiya”, “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik”, “Manfaatlar to‘qnashuvi”, “Shaxsiy manfaatdorlik”, “Yaqin qarindoshlar” kabi masalalar yuzasidan seminar treeninglar olib boradi.
Biror narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz avval yaxshi niyyat qiling va ana shu maqsad yo’lida harakatni boshlang. Nasib bo’lsa albatta ko‘zlagan maqsadingizga yetasiz. Buning uchun faqat va faqat ana shu maqsad yo‘lida har qanday qiyinchiliklarga qaramasdan harakatdan to‘xtamaslik lozim.
SamDAQU Boshlang’ich tashkilotning asosiy maqsadi oliy ta’lim mltassasasida talaba-yoshlarning huquq va mапГааtlаriпi himoya qilish, ularni ma’naviy-nraIkuraviy dunyoqarashini mustahkamlash. iqtidorli yoshlarni hаr tomonlama qo’l1ab-quvvatlash va ijtimoiy taolIigini oshirish, bo’sl-r vaqtlarini mazmunli tashkiI etish, talaba-yoslrlar taslrabbuslaгini amalga oshirishga ko‘maklashishdan iborat
SamDAQUda ilmiy kengash tuzilgan bo`lib, uning a`zolari 17 kishini tashkil etadi. Ilmiy kengash raisi universitet rector Ch.J.Turkyilmaz xonim va ovoz beruvchi a`zolari 14 nafar bo`lib, ularga prorektorlar fakultet vakillari va kengash kotibi va talabalar vakilidan iborat.
SamDAQUda ilmiy kengashi tomonidan
2023-2024 o`quv yilida
1. DARSLIKLAR – 65 ta
2. O’QUV QO’LLANMALAR – 105 ta
3. MONOGRAFIYALAR – 64 ta
Ko`rib chiqilgan va nashr etilgan
Universitetning Boshqaruv Kengashi universitetga taalluqli ma’muriy masalalar bo‘yicha qaror qabul qiluvchi oliy organi hisoblanadi. Kengash yuridik shaxs hisoblanmaydi. Kengash o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Boshqaruv Kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligining buyruqlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Boshqaruv Kengashi (keyingi o‘rinlarda B.Kengashi deb yuritiladi) tarkibi rektor, fakultet dekanlari, Oliy ilm-fan maktabi direktori, fakultetlar va oliy ilm-fan maktabidan tanlanadigan a’zolardan tashkil etiladi. Professor-o‘qituvchilar tarkibidan B. Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni rektorning buyrug‘i bilan belgilanadi. Prorektorlar, Bosh kotib va universitet talabalaridan vakil kuzatuvchilar jihati ovoz berish huquqisiz qatnashadi.
Universitetning strategik rejasini ishlab chiqish;
Universitetning faoliyat dasturi to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Belgilangan qonun-qoidalar tamoyillari asosida har yili universitetning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va jamoat xizmati faoliyatini muntazam ravishda baholaydigan o‘z-o‘zini baholash hisobotini tayyorlash va e’lon qilish;
Universitetning investisiya dasturi va byudjetini tayyorlash;
Byudjetning tarkibiy sohalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
Universitet nomidan ekspropriasiya qilish, ko‘chmas mulk sotib olish, universitetga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk bo‘yicha uchinchi shaxs foydasiga ushbu ko‘chmas mulk huquqini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Professor-o‘qituvchilarlarni lavozimga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Rektor tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan universitetga aloqador masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
Fakultetlar va professional ta’lim muassasalari Kengashlari tomonidan qabul qilingan qarorlarga berilgan e’tirozlar bilan shug‘ullanish.
v2Qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vazifalarni bajarish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli hamda 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash, maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti boshqaruv kengashi tashkil etilgan.