SAMDAQUDA IMKONIYATI CHEKLANGAN SHAXSLAR

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-416-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan, Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo’yicha “Yo’l xaritasi”ning 24.8-bandida universitetda “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish va uning faoliyatini yo’lga qo’yish topshirig’i berilgan. Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan jumladan: Universitetda “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish” sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish maqsadida universitet rektorining 2024-yil 13 avgustdagi 218-u-son buyrug’i bilan “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi; (1-ilova, rektor buyrug’i) “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot markazining Nizomi ishlab chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi; (2-ilova, markaz nizomi) Markaz faoliyatini yo’lga qo’yish hamda unga malakali mutaxassislarni jalb qilish bo’yicha 2024-2025- yilllarga mo’ljallangan ish rejasi ishlab chiqildi; “Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun arxitektura-qurilish loyihalarini ishlab chiqish” ilmiy-tadqiqot markazining faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida Samarqand shahar Lolazor ko’chasida joylashgan universitetning ilmiy markazlar uchun mo’ljallangan binosida hamda “Arxitektura” kafedrasida xonalar ajratildi zarur bo’lgan jihozlar bilan jihozlandi hamda markazning faoliyati yo’lga qo’yildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar ittifoqi Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori Abror Hayitboyev va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Yoshlar ittifoqi Yoshlar daftari va metsenatlik dasturlari koordinatori Umida Nabiyeva hamkorligida shifoxonada davolanayotgan bolajonlar uchun “Art-terapiya” yaʼni psixoterapiyaning tasviriy san’at va ijodiy faoliyatga asoslangan rasm chizish mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Bunda universitetning “Yosh volontyorlar” klubi faol a’zolari bilan birgalikda bolajonlar uchun turli oʻyinlar va rasm chizish va boʻyash mashg‘ulotlari olib borildi. Ko‘ngilli yoshlar bolajonlarning kunini mazmunli o‘tkazishda o‘z hissalarini qo‘shdilar.

SamDAQUning asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va manaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin na’munasidir

0
0
0

boshlang`ich darajaga ega talabalar

SamDAQU talabalar

Xalqaro talabalar

SamDAQUning asosiy maqsadlardan biri butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir. Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Xalqaro nogironlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan bugungi tadbirlar ham nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, moddiy va manaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga imkoniyatlar yaratish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada Muhtaram Prezidentimiz tomonidan nogironlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, keng jamoatchilikning ham bu savobli ishlarda faol ishtirokining yorqin na’munasidir

755

5

0,66

Xodimlar soni

Nogironligi bor Xodimlar Soni

Nogironligi bor Xodimlar ulushi

SamDAQUda

Nogironligi bo‘lgan shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etilgan.

OTMlarga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga qo‘shimcha ravishda, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratilgan.

Bunda kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi (I va II guruh) bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

2020/21 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2799ta qo‘shimcha davlat granti ajratilgan.

2019/20 o‘quv yilidan boshlab, OTMlarga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan mehribonlik uyi va bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilgan.

SamDAQU 2023 yilda 81 ta nogironlar uchun bepul turar-joy ajratgan, shuningdek, stipendiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning 3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirilgan. Jami so‘mma: 125 million 844 ming 840 so‘m