SamDAQUda Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi. kafedrasi 2020 yilda tashkil etilgan. Quyidagi yo’nalishlari bo`yicha bakalavr talabalarini tayyorlaydi:
Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi
Hayot faoliyati xavfsizligi,
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ta’lim
SamDAQUning “Salomatlik maslahat markazi” shifokori Nazira Sultanova va uning jamoasi tomonidan 2023 yilda “Biz sog`lom turmush tarzi taraforimiz” mavzusida seminar-treeninglar olib borildi.
SamDAQU kadrlar tayyorlash va Maxsus iqtisodiy zonalar korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash yuzasidan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining mutasaddilari ishlab chiqarish korxonalariga amaliy tashrifni amalga oshirdilar va kelishuvga erishdilar.
SamDAQUda “Salomatlik maslahat markazi” Tashkil etilgan. Markazda oliy toifali shifokor Sultanova Nazira Tursunovna faoliyat olib boradi.
SamDAQU Salomatlik maslahat markazining asosiy vazifasi universitet professor-o’qituvchi, xodimlari va talabalarning sog’liklari haqida qayg’uradi va ularga beminnat xizmat ko’rsatadi.
Markaz O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saw lash vazirligi, Samarqand viloyati ko’p tarmoqli poliklinikasi, Samarqand shahridagi oilaviy poliklinikalari bilan bevosita hamkorlik qiladi.
SamDAQU talabalarda ruhiy salomatlik qo`llab quvvatlash bo`yicha seminar-treninglar o`tkazadi. SamDAQUning maqsadi talaba-yoshlarni o‘qishida, shaxsiy hayotidagi har bir ishining natijasidan ko‘ra ko‘proq oqibatini o‘ylab bajarishida, talaba – yoshlarga har bir shaxsning o’ziga xos tug’ma individual layoqatlari, qobiliyatlari o’zining qiziqishlarida namoyon bo’lishini hayotiy misollar bilan tushuntirish, shuningdek, Insonlar o’zining shaxsiy qobiliyatlarini anglab yetib, uni rivojlantirishi va talantga, iste’dodga aylanib borishi uchun kerakli psixologik tavsiyalar beradi.
SamDAQUda 27×12 mlik yopiq sport zali va 18×9 og’ir atletika zali mavjud. Ushbu sport inshootlarida yil davomida turli xildagi sport tadbirlari o’tkaziladi.
Ushbu sport inshootlaridan universitet xodimlar, talabalari va mahalliy aholi doimiy ravishda bepul foydalanadilar.
SamDAQU – chekishga qarshimiz
SamDAQU chekishga qarshi siyosatga ega. Universitet kampusida chekishga qarshi amaliy targ`ibot ishlarini olib boradi. SamDAQU ma`naviyat bo`limi tomonidan “chekishga qarshimiz” shiori ostida seminar treeninglar olib boradi