SAMDAQUDA UZLUKSIZ TA`LIM

SamDAQU 15 ta yo`nalishda bakalavriat, 18 ta mutaxasislik bo`yicha magistrant va 16 ta mutaxassislik bo`yicha doctarantlarni tayyorlaydi.

0

Bakalavriat

0

Magistratura

0

Doctarantura

SamDAQU mutaxassis chiqaruvchi kafedralar muhandislik oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda, ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich dual ta’lim tizimida tashkil qilmoqda.

SamDAQU Ta’lim dasturlarini, ta’lim integratsiyasi asosida yaratishni tashkil etishdan,

•fan va ishlab chiqarishni integratsiyalashuvi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash bo’yicha mahalliy texnologiyalarni jahon andozalari bilan uyg’unlashtirgan holda ta’lim dasturlarini yaratishdan;

•magistratura, falsafa doktorlari (PhD) va fan doktorlarini (DSc) tayyorlash jarayonida professor-o’qituvchilarning o’zaro bilim almashinuvi hamda tajriba almashinuvi, doktorantlarning o’quv jarayonida muvaffaqiyatga erishishiga, shaxsiy hamda kasbiy o’sishiga yo’naltirishdan.

•Magistrant va doktorantlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash,  butun o’quv sikliga, shu jumladan kompleks qamrab olish va qabul qilish jarayonlariga qaratilgan; stipendiya dasturlari, loyiha tashabbuslari, hamkorlik va innovatsion tuzilmalarni rivojlantirish uchun tashqi moliyalashtirish magistrantlar, doktorantlar va tadqiqotchilarning ilmiy, kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, ilmiy va ilmiy faoliyati uchun mukofotlar, ijtimoiy faollikni qo’llab-quvvatlashdan;

•kompetentli ilmiy-pedagogik kadrlar va doktorantlar farovonligi uchun qulay muhit yaratishdan.

•magistrantlar, doktorantlar va professor-o’qituvchilarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda samarali, oqilona ma’muriy xizmatlar ko’rsatish maqsadida barcha jalb qilingan kafedralarning o’zaro uyg’un va mas’uliyatli hamkorligini ta’minlash kabi bir qator masalalar kiradi.

SAMDAQUDA OLIY ILM-FAN MAKTABI

SamDAQU Oliy ilm-fan maktabining missiyasi oliy malakali yosh ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni akademik ta’limning yuqori darajasiga erishishi, ularning ilmiy va innovatsion salohiyatini rivojlantirishda qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Perviz Ahmedzade

Oliy ilm fan maktabi dekani

SamDAQU Oliy ilm-fan maktabining maqsadi – bu tashkilot va koordinatsiya faoliyati yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan normativ talablarga muvofiq amalga oshiriladigan doktorantura dasturlarini amalga oshirish, tashkil etish va muvofiqlashtirishdir.

Kamalova Dilnoza Zayniddinovna

Oliy ilm fan maktabi PhD koordinatori

97.419

ta darslik

7.200

xorijiy adabiyotlar 

128.368

ta o’quv qo’llanma

37.204

boshqa adabiyotlar

Samarqand Davlat arxitektura va qurilish universiteti Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 –sonli qarori bilan tashkil qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son Qarori 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Sa-marqand davlat arxitektura-qurilish universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 20-bandida “O‘quv va ilmiy-tadqiqot jarayonini zamonaviy darslik, o‘quv qo‘llanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash, talabalar uchun ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalaridan foyda-lanishga sharoit yaratish” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha yangi strukturada ARMning umumiy fondida – 400100 sonda, 121477 nomda adabiyotlar mavjud. Shundan elektron platformaga 128509 ta elektron ada-biyotlar joylashtirilgan

SamDAQUning axborot-resurs markazini raqamlashtirish. ARM fondidagi mavjud adabiyotlarni muntazam ravishda elektron shakliga o‘tkazib kelinmoqda. Hozirgi kunda ARMda 121585 nomda adabiyotlar mavjud bo’lib ular to’liq elektron platformaga joylashtirilyapdi. ARM 10 ta zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan va ARM Wi-Fi zonalari bilan taminlangan. Canon im-age Class MF3010 rusumdagi 3 dona (3 tasi 1 tada) va yangi keltiril-gan Plan-earniy (knijniy) skaner czur et 16 Plus rusumli 4 dona va CZURET 18 Plus rusumli 1 dona skanerlar bor jami 5 ta yangi skaner  mavjud. Talabalar telegram kanali “t.me/bilimlarolamii” kirib o’quv va badiiy adabiyotlardan foy-dalanishlari mumkin hamda mavjud, talabalar turargohida va masofadan turib, internet orqali istalgan o’quv materiallarini olish imkoniga ega. https://unilibrary.uz platformasi orqali professor o’qituvchilar va talabalar kerakli materiallarni olish imkoniyatiga ega

Talabalar uchun 4 ta 56 o’rinli o’quv zallari faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari 1-sonli talabalar turar joyida ham 1 ta 14 o’rinli o’quv zali, 2-talabalar turar joyida 12 o’rinli o’quv xonasi, 4-talabalar turar joyida 12 o’rinli o’quv xonasi mavjud.

Universitet axborot-resurs markazini xorijiy ilg‘or elektron ma’lumotlar bazalariga ulanishi uchun hamda talaba va pedagoglar uchun tekin foydalanish imkoniyati yaratildi.  Foydalanuvchilarga tezkor va sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishda quyidagi zamonaviy – axborot kutubxona https://unilibrary.uz.platformasi, budan tashqari universitet https://arm.samdaqi.edu.uz/backend/, Scopus.com, Web of Science, Sciencedirect sayti professor-o’qituvchilar, ilmiy izlanuvchilar, doktorantlar, magistrlar hamda bakalavr talabalariga to’laqonli foydalanish uchun ma’lumotlar ba’zasi xizmat qilmoqda.

SAMDAQUDA O`QUV MARKAZLARI

SamDAQU Inkubatsiya Markazining asosiy maqsadi — Ilmiy va innovatsion loyiha va ishlanmalarni, “Start Up” g‘oyalarni tijoratlashtirish va xo‘jalik shartnomalari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar evaziga foyda olish hisoblanadi.