2023-yil 15-noyabrda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Ekologik ofatlarning qishloq xo‘jaligi va qishloq aholisiga salbiy ta’siri” mavzusidagi davra suhbati davomida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilayotgan hamda Islom taraqqiyot banki va OPEKning Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida “Smart rural planning” tanlovida “Smart rural settlement” yo‘nalishi bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (PhD) tayanch doktoranti Umida Asatullayeva faxrli 1-o‘rinni egalladi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida xalqaro talabalarning keng ko‘lamli simpoziumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu simpozium tom ma’noda Innovatsion loyihalar, ishbilarmonlik va ijodiy maydonga ayland. Simpozium talabalarni Yangi O‘zbekistonning zamonaviy ishbilarmonlik muhiti bilan tanishtirish va jalb etishga hissa qo‘shdi, biznes hamjamiyatining muvaffaqiyatli vakillari bilan muloqot qilish, ilg‘or bilim va amaliy tajriba almashish imkonini berdi.
Xalqaro talabalar forumida 55 dan ortiq yetakchi mahalliy, shuningdek, yaqin va uzoq xorij universitetlari, xususan Samarqand davlat universiteti, Taraz innovatsion-gumanitar universiteti (Qozog‘iston), Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Jizzax davlat pedagogika universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qatar universiteti, Akdeniz universiteti (Turkiya), Naxchivan davlat universiteti (Ozarbayjon), Xalqaro turizm va mehmondoʻstlik universiteti (Qozogʻiston), Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti (Ozarbayjon) va Boku Yevroosiyo universiteti (Ozarbayjon) vakillari ishtirok etdilar.
Simpoziumda ekspertlar bilan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlardan foydalanish yuzasidan fikrlar almashildi.
Xalqaro simpoziumning ochilish marosimida “Ipak yo‘li” tadqiqot akademiyasi raisi Dr. Azamat Akbarov, Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi bosh konsuli Baurjan Dosmanbetov, SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Talabalar simpoziumida yirik kompaniyalar rahbarlarining chiqishlari, AQSHdan Xanna Landers va SAG kadrlar boʻyicha direktori Shaxnoza Asrorovaning ilmiy maʼruzalari alohida qiziqish uygʻotdi.
Tadbirda texnologiya, muhandislik, iqtisod, pedagogika, ichki, xorijiy va xalqaro turizm, ta’lim va tibbiyot yo‘nalishlarida biznes tadqiqotlari olib borilayotgan 55 ta oliy o‘quv yurti talabalarining jami 250 ga yaqin tematik ma’ruzalari tinglandi. Ulardan o‘n nafari “Eng yaxshi talabalar ishi” maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ishtirokchilar o‘z hisobotlarini oflayn va onlayn formatda taqdim etdilar.
Tashkilotchilarning aytishicha, qo‘shma tadbir iqtidorli va faol talaba yoshlarni biznes muhitiga jalb etishga bevosita hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilgan.
Simpoziumninng asosiy vazifasi butun ta’lim samaradorligini oshirish uchun yangi innovatsiyalarni izlash maqsadida mahalliy bozorning barcha ishtirokchilari – yoshlar va tadbirkorlar o‘rtasida yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
SamDAQUda 2023-yilda professor-o‘qituvchilar tomonidan sanoat, innovatsiyalar va infratuzilma sohasida nufuzli jurnallarning eng yuqori 10% ichida 3 ta ilmiy maqola chop etilgan. SamDAQUning ilmiy maqolalari uchun keltirilgan FWCI (Field-Weighted Citation Impact) ko‘rsatkichi 4,64 ni tashkil etadi. Shuningdek, SamDAQUda chop etilgan ilmiy maqolalarga jami 3 ta iqtibos keltirilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti faollar zalida universitet rektori tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan tadbirkorlik haftaligi doirasida Turkiyalik mutaxassis Transformatsiya ofisi boshlig‘i Bekir Sener tomonidan “Tadbirkorlik 101 asoslari va biznes yuritish madaniyatini shakllantirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida mutaxassis tomonidan talabalarga “Tadbirkorlik nima? Uni qanday shakllantirish, tadbirkorlik va biznes oʻrtasidagi farq nimadan iborat?” kabi savollarga tushunchalar berildi. Shuningdek “Start Up nima?” va “Start Up” gʻoyalarning shakllanish bosqichlari tushuntirib berildi.
InnoWeek 2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining universitet bosqichida ishtirok etgan talabalarning ijodiy ishlari hamda Inkubatsiya markazi bilan tanishish maqsadida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti ikkinchi bosqich talabalari Inkubatsiya Markaziga tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son qaroriga asosan, konsultatsion ko‘mak va seminar-trening o‘tkazish maqsadida Jahon bankining “MUNIS” loyihasini amalga oshirish ishchi guruhi a’zolari va xorijiy ekspert-maslahatchilari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari tomonidan “Intellektual mulkni himoya qilish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tadqiqotchi olimlar hamda patent mualliflari uchun seminar-trening o‘tkazdilar.
Seminar-treningda intellektual mulkni himoya qilish jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni, jumladan, innovatsion faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘siqlarni, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhokamalar olib borildi.
SamDAQU da 2023 yilda professor-o`qituvchilar tomonidan Arxitektura, Interyer, Qurilish muhandisligi va Biznes boshqarish sohalarida 5ta intelektual mulkka patentlar olingan
“SAMDAQ LITM” korxonasi 2023 yil 1-mart da tashkil etildi. Korxona loyihalanayotgan obyektlarning loyihasini ishlab chiqilishini, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi bo`yicha faoliyat olib boradi.
Texnologiyalar transferi ofisi o‘zning ilmiy-tadqiqot va amaliy innnovasion faoliyatini olib boradi, shuningdek talabalar, magistrantlar va doktorantlarning ta’lim olish jarayonlari, hamda ilmiy tadqiqot ishlarida ishtirok etishini qo‘llab quvvatlaydi
StartUp va CoWorking markazi Universitetimizda endilikda talabalar o‘zlarini erkin his qilgan holda qulay va shinam xonalarda ilmiy hamda o‘zlarining boshlang‘ich biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun mana shunday sharoitlar yaratildi. Olib kelingan jihozlardan foydalanish bepul, barchasi talabalar uchun yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-416-son qarori asosida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitekura-qurilish universiteti huzurida “Inkubatsiya markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida tashkil etilgan.
ilmiy va innovatsion loyiha va ishlanmalarni, startap g’oyalarni rivojlantiradi
Universitet qoshidagi ilmiy tadqiqot, badiiy loyihalash va ishlab chiqarish markazi belgilangan asosiy ilmiy-tadqiqot va badiiy-amaliy yo’nalishlar bo’yicha tajriba ishlarini olib boradigan xizmat ko’rsatish tashkiloti hisoblanadi. Dizayn fabrikasi markazi (DFM) dagi ilmiy-tadqiqot, badiiy loyihalash va amaliy ishlar respublikaning xalq xo’jaligi sohasidagi dolzarb ilmiy, badiiy-amaliy muammolarni yechishi va o’quv jarayoni bilan bevosita bog’langan
Samarqand arxitektura qurilish texnikumi
Qashqadaryo arxitektura qurilish texnikumi
Navoiy arxitektura qurilish texnikumi
Samarqand qurilish kolleji
Samarqand shahar kasb-hunar maktabi
Samarqand tuman kasb- hunar maktabi
Samarqand imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi
Pastdarg’om tuman 2-son kasb-hunar maktabi
Paxtachi tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Toyloq tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Toyloq tuman 2-son kasb-hunar maktabi
Urgut tuman 1-son kasb-hunar maktabi
Urgut tuman 2-son kasb-hunar maktabi
Urgut tuman 3-son kasb-hunar maktabi
Akademik litsey
SamDAQU kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora -tadbirlarini amalga oshirish maqsadida Kasbiy ta’lim turlarni maqbullashtirishning hamda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo’yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona ko’p tarmoqli o’quv muassasalari tizmini joriy qilish kasbiy ta’lim soxasida zamonaviy boshqaruv tizmini joriy qilish , o’rta bo`g’in kadrlarni tayyorlash imkoniyatini kengaytirish kasbiy ta’lim sohasida zamonaviy boshqaruv tizmini joriy qilish, ularni ta’lim tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish maqsadida SamDAQU tasarrufidagi ta`lim tashkilotlari