2023-yil 18-aprel kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi OIliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti hamkorligida 22-aprel Butunjahon yer kuniga bagʻishlab “Yer resurslaridan foydalanishni raqamlashtirish va davlat kadastrlari munosabatlarini takomillashtirishda ilm-fan yutuqlari hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi
1.Mazkur anjuman zalida SamDAQU rektori Chidem Janbay Turkyilmaz, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi raisi Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Abdushukur Xudoyqulovich Xamzayev, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Texnika fanlari doktori, dotsent Abdushukur Xamidovich Abdullaev shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Sa’dullayevich Tadjiyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qaxramon Anvarovich Yuldashev, “O‘zdavyerloyiha” DILI Bosh direktori Texnika fanlari doktori Professor Ruhiddin Amirqulovich Turayev, Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shuxrat Bobomurodov, bo‘lim boshliqlari, doktorantlar Markaziy apparat studiyalaridan onlayn ishtirok etdilar