Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-son “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2020-yil 8-fevraldagi 97-son buyrugʻi hamda 2020-yil 27-fevraldagi universitet Kengashi 1-sonli yigʻilishining bayonida belgilangan “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talabalarni ragʻbatlantirish Kengashini tashkil etish va talabalarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” qaroridagi vazifalar ijrosini taʼminlash, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlarni oʻzlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish, ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni yanada samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida 2020-yil 29-fevralda “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida talabalarni ragʻbatlantirish Kengashini tashkil qilish va talabalarni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 151-u-sonli buyruq e’lon qilingan.
1- Buyruqning 1-ilovasi bilan ”Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalarni Ragʻbatlantirish Kengashi toʻgʻrisidagi Nizom”;
2- ilovasi bilan “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalarni Ragʻbatlantirish Kengashining tashkiliy tuzilmasi”;
3- ilovasi bilan “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabalarni ragʻbatlantirish Kengashi tarkibi”;
4- ilovasi bilan “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida oʻquv semestri yakuni boʻyicha fanlarni oʻzlashtirayotgan, iqtidorli, jamoat ishlarida faol boʻlgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan talabalarni moddiy ragʻbatlantirish tartibi”;
5- ilovasi bilan “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida moddiy ragʻbatlantirishga daʼvogar talabaning anketasi”;
6- ilovasi bilan “Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida moddiy ragʻbatlantirishga daʼvogar talabaning oʻquv semestri yakuni boʻyicha faoliyatini baholash mezonlari” tasdiqlangan.
2021/2022-o‘quv yili 2-semestri davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rag‘batlantirish Kengashining 2022-yil 31-martdagi 5-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan jami kam ta’minlangan, chin yetim, temir daftar, ayollar daftari va yoshlar daftarida ro‘yxatda turadigan 46 nafar talabalarga 103.100.000 (bir yuz uch million yuz ming) so‘m miqdorida moddiy yordam berilgan
Rag‘batlantirish Kengashining 2022-yil 10-avgustdagi navbatdan tashqari 6-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan universitetda to‘lov kontrakt asosida tahsil olayotgan chin yetim Qurilish fakulteti 102-QMB va KICh guruhi talabasi Erkinjonov Behruz To‘lqinjon o‘g‘liga 1.700.000 (bir million yetti yuz ming) so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Rag‘batlantirish Kengashining 2022-yil 30-noyabrdagi 7-son bayonnomasiga asosan jami kam ta’minlangan, chin yetim, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 9 nafar talabalarga byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jami 27.714.000 (yigirma yetti million yetti yuz o‘n to‘rt ming) so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatilgan hamda 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan universitetda tahsil olayotgan 65 nafar nogironligi bor talabalarning har biri ikki martalik stipendiya miqdorida moddiy rag‘batlantirilgan.