SAMDAQU MEHNAT MUNOSABATLARI

SamDAQU ish beruvchilarga ish haqqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoridan kam bo`lmagan holda to`lashni ta`minlaydi, ish haqqi miqdorini mehnatga haq to`lashning eng kam miqdoriga muvofiq oshiradi.

SamDAQU professor o`ituvchi va xodimlariga ish haqqi hisoblashda shtatlar jadvali asosan amaladagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiq ma`lumot sharoitlari bilan bo`g`liq bo`lgan qo`shimcha haq ustama haqlar mukofoti va kompensatsiyalar hamda jamoat shartnomasi shartlari bilan nazarda tutilgan rahbar tomonidan belgilangan qo`shimcha ustama haqlari mukofotlar kompensatsiyalar va rag`batlantirish turdagi boshqa to`lovlar  asosida ish haqqi beradi.

SamDAQU O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O`zbekiston Respublikasi kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Oliy ta`lim muassasalarining professor-o`qituvchilar tarkibi va rahbar xodimlari mehnatiga haq to`lashning bazaviy lavozim maoshlari miqdorini tasdiqlash to`g`risidagi qo`shma qarorlari  asosan xodimlarning dini, irqi, jinsi va kelib chiqishidan qat,iy nazar lavozimi va ilmiy darajasiga qarab ish haqlari belgilaydi

SamDAQU Xodimlar va talabalar boshlang`ich kasaba uyushmasi universitet tashkil etilgan yildan, ya`ni 1966 yildan beri faoliyat yuritadi. 2023 yilda SamDAQU Xodimlar va talabalar boshlang`ich kasaba uyushmasi 640 ta professor-o`qituvchi va ishchi xodimlarni qamrab oladi. SamDAQU Xodimlar va talabalar boshlang`ich kasaba uyushmasining jamoat shartnomasi tuzilgan bo`lib, unga asosan, xodimlarni huquqlarini himoya qiladi va xodimlar orasida kamsitishga yo`l qo`ymaydi. SamDAQU Xodimlar va talabalar boshlang`ich kasaba uyushmasi majburiy mehnat, zamonaviy qullik, odam savdosi va bollar mehnatini oldini oladi.

SamDAQU da xodimlarning o`rtacha oylik ish haqqi 4,5 mlnso`m, professor o`qituvchilarning o`rtacha oylik ish haqqi 7.89 mln. Shuningdek 2023 yilda SamDAQU 73 mlrdumumiy xarajat rejalashtirilgan, shundan 67,6 mlrdso`m mablag` ishlatilgan.

SamDAQUda umumiy 704 nafar xodim bo`lib, shulardan 10 nafari bilan muddatli shartnomalar qilingan.Universitetda xodimlarning 98,7 % I bilan uzoq muddatli shartnomalar qilingan

SamDAQU Universitet talabalarni Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash talabalari uchun yangi amaliyot o‘tash imkoniyatlarini ishlab chiqish uchun rektor, prorektorlar va dekanlardan iborat ishchi guruh tuzilgan. SamDAQU ishchi  guruhi malaka amaliyotini korxona va tashkilotlarda tashkil etish jarayonlarini o‘rganish; o‘rganish natijalarini  tahlil qilish hamda muammo va takliflarni ishlab chiqib, universitet rektoriga taqdim etib borish; talabalar  malaka amaliyotini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy va milliy tajribalarni o‘rganish hamda uni tatbiq  etish yuzasidan takliflar tayyorlash vazifalarni bajaradi. SamDAQU talabalar uchun etakchi  tarmoq korxonalari va  tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura  va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirsh bo‘yicha  mutaxassis chiqaruvchi kafedralar haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot)larni tashkil  metadigan korxona  va tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalar tuzish bo‘yicha  aniq choralarini ko‘radi.

SamDAQUda rektor, 5 ta prorektor, 374 ta professor-o`qituvchilar, 190 ta ishchi xodimlar, 140 ta xo`jalik xodimlari ishlaydi.  Shuningdek 10 nafar talabani SAmDAQU ish bilan ta`minlagan. 2023 yilda bitiruvchi talabalarning 98%ini hamkor tashkilotlar bilan qilingan shartnomalar asosida ish bilan ta`minlangan. Shundan 1166 nafar bitiruvchidan 71 nafari xomilador va bola tarbiyasidagi ayollar, shuningdek, 1888ta bitiruvchini ish bilan ta`minalashga erishilgan