•Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti (SamDAQU) — qadimiy madaniyat va zamonaviy innovatsiyalar chorrahasida joylashgan, arxitektura, qurilish, shaharsozlik va muhandislik sohalarida yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim, ilmiy faoliyat va amaliyotning barcha bosqichlariga integratsiya qilishni va bu orqali Birlashgan Millatlar Tashkilotining dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga o`z hissasini qo`shishni maqsad qilib qo‘yadi
Missiyamiz:
Talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan barqaror yechimlar ishlab chiqishga yo‘naltirish;
Milliy me’moriy merosni asrab-avaylash va uni zamonaviy dizayn va texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish;
Qurilish va shaharsozlik jarayonlarida energiya samaradorlik, iqlim o`zgarishiga qarshi kurashish va resurslardan oqilona foydalanish madaniyatini targ‘ib etish;
Samarqandning tarixiy shahar sifatidagi o‘ziga xosligini saqlagan holda zamonaviy urbanistik rivojlanishga hissa qo‘shish;
“Yashil kampus” tamoyillariga asoslangan ekologik barqaror universitet muhitini yaratish.
2030 yilga kelib, Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Markaziy Osiyodagi eng yetakchi “yashil kampus” universitetlaridan biriga aylanishni, ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik orqali global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda tan olingan akademik markaz bo‘lishni rejalashtiradi.
Universitet shaharsozlik, arxitektura va qurilish sohalarida ekologik xavfsiz, energiya samarador, iqlimga moslashtirilgan dizayn yechimlarini ishlab chiqishda ilg‘or ilmiy maktab sifatida yetakchilik qiladi.