MAS’ULIYATLI IS’TEMOL VA ISHLAB CHIQARISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi “2019-2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari tomonidan poytaxtimizning Olmazor, Yashnobod tumanlari, Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududlari kesimida aholi va yuridik shaxslarning qattiq maishiy chiqindilarni saralashda ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, qattiq maishiy chiqindilarni saralash bu sayyoramizni chiqindilardan tozalashning birinchi qadamidir. Keyingi 20 yil ichida qadoqlash mahsulotlarining hajmi 246 barobarga oshgan. Chiqindilar Yer shari bo‘ylab teng taqsimlansa qalinligi 2 sm bo‘lgan qatlam hosil qiladi

Chiqindilarni boshqarish va qayta ishlash erning kelajagiga ta’sir ko’rsatadigan eng yaxshi usullardan biridir. Qayta ishlash tabiiy muhit uchun ham, odamlarning sog’lom hayoti uchun ham muhimdir. Obod turmushning ko’payishi va odamlar ko’proq mahsulot sotib olishlari oxir-oqibat ko’proq chiqindilar paydo bo’lishini anglatadi. Aholining ko’payishi ham chiqindilar miqdorini ko’paytirishning muhim omilidir. Ishlab chiqilgan yangi qadoqlash va texnologik mahsulotlarning aksariyati biologik parchalanmaydigan materiallarni o’z ichiga oladi.

Chiqindilar tobora ko’proq joy egallamoqda va ularni saqlash joylari tezda to’ldirilmoqda. Qayta ishlangan mahsulotlardan mahsulot ishlab chiqarishga qaraganda xomashyodan mahsulot tayyorlash ancha qimmatga tushadi. Shu tarzda, qayta ishlashni o’rganish natijasida iqtisodiyotdagi moliyaviy xarajatlar kamayadi.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash so’nggi yillarda tobora o’sib borayotgan biznesga aylanib bormoqda. Tabiyat va jamiyat uchun chiqindilarni qayta ishlash muammosi o’ta dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda