Turkiya Ilmiy-texnologik tadqiqot kengashi prezidenti dastlab universitet rektori dr. Chidem Turkyilmaz bilan uchrashuv o‘tkazdi. Rektor qabulida dr. Hasan Mandal universitet faoliyati, tarixi va salohiyati bilan yaqindan tanishdi.
Rektor qabulidan so‘ng Turkiya Ilmiy-texnologik tadqiqot kengashi prezidenti professor Hasan Mandal universitetning magistrlari va ilmiy ishlarni olib borayotgan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya OTMlari va tadqiqotchilari uchun Turkiya Ilmiy-texnologik tadqiqot kengashi tomonidan taklif etiladigan grandlar, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar hamda hamkorlik imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.
— Tashkilotda iqlim o‘zgarishlari, suv resurlarini boshqarish va qurilish materiallariga doir dolzarb mavzularga alohida e’tibor qaratiladi, – dedi so‘zini davom ettirib dr. Hasan Mandal. — Eng yaxshi g‘oyalar va uning mualliflari doimo boshqa davlatlar kabi bizning ham e’tiborimizni tortadi. SamDAQU olimlarining bunday g‘oyalarini qo‘llab-quvatlashga doimo tayyormiz! – deya ilmiy grandlarda olimlarni faollikka chorladi.
Shuningdek Turkiya Ilmiy-texnologik tadqiqot kengashi prezidenti uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan universitetning ilmiy-salohiyati, potensiali va o‘ziga xosligi bilan mahalliy hamda xalqaro grandlardagi ishtiroki to‘g‘risida fikrlari tinglandi. Endilikda ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilayotgan tanlovlar, grandlar va imkoniyatlarga yosh olimlar tomonidan katta qiziqish bildirildi.
Uchrashuv so‘ngida universitet rektori Chidem Turkyilmaz xonim O‘zbekiston va Turkiya mamlakatlari hamkorligi, bunda Turkiya Ilmiy-texnologik tadqiqot kengashi (TÜBİTAK) tashkilotining o‘rni, xususan universitetning ilmiy imkoniyatlarini kengaytirishini ta’kidladi. Tashkilot prezidenti professor Hasan Mandalga tashrif uchun o‘zining minnatdorligini bildirib esdalik sovg‘alarini topshirdi va jamoa bilan birgalikda fotosurat tarixga muhrlandi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki joriy o‘quv yilida SamDAQUning qator ilmiy izlanuvchilari bu kabi loyihalarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
2023-yil 28-noyabr kuni soat 16:00 da Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bosh binosi birinchi qavatida 05.09.04 – Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishining muhakomasiga bagʻishlangan kengaytirilgan kafedralararo ilmiy-seminar oʻtkazildi.
Ilmiy seminar kun tartibiga ko‘ra:
Jo’rayev Anvarning 05.09.04 – Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari ixtisosligida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Quruq va issiq iqlim sharoitida artezian quduqlardan barqaror foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.