Bizning maqsadimiz!
2020 yil ma’lumotlariga ko’ra O‘zbekiston o‘z suv zaxiralarining 169 foizidan foydalanayotgani ma’lum va bu ko’rsatkichlar bo’yicha mamlakatimiz suv stressi kuzatilayatgan dunyoning 20 ta qurg’oq mamlakatlari qatoriga kirdi. Shunday qilib mamlakatimizda suv resurslari defetsiti kuzatilmoqda. Bunga javoban Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti suv resurslarini boshqarish madaniyatini rivojlantirish, innovatsion echimlar bo’yicha tadqiqotlarni rivojlantirish va kelajak avlodlarni barqaror suv va sanitariya amaliyotiga o’rgatish orqali jamiyatni rivojlantirishga qaratilgan maqsadlarni o’z oldiga qo’ydi.
Samdaqu suv iste’moli
Toza ichimlik suvidan foydalanishni ta’minlash talabalar uchun sog’lom va qo’llab-quvvatlovchi o’quv muhitini yaratishning muhim qismidir. Suv chanqovni qondirishdan tashqari, diqqatni jamlash va kognitiv funktsiyalarni rag’batlantiradi. Undan tashqari atrof muhitni muhofaza qilish, yashil maydonlarni tashkil etishda va sug’orishda suv muhim vazifani bajaradi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining (SamDAQU) shaxar b’yidagi umumiy yer maydoni 11.94 gektar teng, bundan 5.14 gektari yashil maydonlarga to’g’ri keladi. Bu yashil maydonlarni sug’orish maqsadida yer osti suvlaridan foydalaniladi. 2022 yil sug’orish maqsadida umumiy 5 ta kichik suv quduqlari o’rnatilgan. Bu quduqlarda 60 m chuqurlikdan suv olinadi, quduqlar ishi energiya tejamkor va yer osti suvlari ifoslanishini oldini oladigan texnologiyalar asosida tashkil etilgan. Yashil maydonlar suv kam talab qiladigan daraxtlar, gullar va o’tlardan iborat. Sug’orish tizimida suvni tejash maqsadida sprinkler va tomchili sug’orish usullaridan foydalanilgan.
Universitet ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini o’zining 2 ta suv quduqlari orqali ta’minlanmoqda. Bu quduqlardan 107 metr chuqurlikdan toza suv qatlamidan olinadi. Suv resurslaridan samarali foydalanish va ularni boshqarish maqsadida 2 ta suv o’lchash asboblari o’rnatilgan. Suv ta’minoti tizimida binolarga kirish qismida maxsus suv tozalovchi bakteriyalarga qarshi ishlov beradigan (baktriyasit) uskunalari o’rnatilgan. 2022 yil davomida Universitetda ishlatilgan haqiqiy ishlatilgan ichimlik va sug’orish uchun ketgan suv miqdori 110 ming M3 tashkil qiladi.
2022 yil Universitetning aholi soni
ishchi xodim
professor o’qituvchi
o’quvchi
jami
Universitet binolaridan chiqadigan oquva suvlarni shahar kanalizatsiya tizimiga tashlaydi va markazlashgan oqova suvlarni tozalash inshootlarida tozalsh jarayonlaridan o’tkaziladi.
Talaba, hodim va mehmonlar chanqoqlarini qondirish maqsadida universitet hududida 4 dona bepul ichimlik suv favorachalari mavjud.
SamDAQU suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi hududida amaldagi barcha qaror va normativ xujjatlariga amal qiladi. Universitet suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari QMQ talablari asosida qurilgan.