O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining 2021-2022-yildagi ijrosi hamda uni amalga oshirish bo’yicha 2023-yilga mo’ljallangan chora-tadbirlarni tasdiqlash haqida”gi SQ-682-IV sonli Qaroriga asosan Universitet Xotin-qizlar kengashi tashkil etildi.
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iborat.
irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta’minlashdan iborat.
Ayollarga aytar so`zimiz shuki, qadringizni biling, orzularingizdan voz kechmang qiyinchilikdan qo’rqmang, sira ortga chekinmang. Sin tahsinga sazovorsiz
SamDAQU
Xotin-qizlar kengashi raisi
Hour | Umumiy | Erkaklar | Ayollar |
2020 | 11.493 | 10.584 | 909 |
2021 | 12.741 | 9.957 | 2.784 |
2022 | 13.768 | 11.079 | 2.689 |
2023 | 2.263 | 1.717 | 545 |
2024 | 7.244 | 5.955 | 1.289 |
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining 3 nafar pedagog ayollari ko‘p yillik samarali mehnati hamda o‘z xizmat vazifasiga bo‘lgan sadoqati uchun Mavluda Xudayarova, Adolat Ziyatova va Shaxlo Barnoyevalar vazirning faxriy yorliqlari bilan e’tirof etildilar.
Samarqand davlar arxitektura-qurilish universitetining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash sohasida davlat dasturlari, milliy harakatlar rejalarini va strategiyalarni ishlab chiqishdagi ishtirokini kengaytirish choralarini koʻrish
Universitet hamda tizimda jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga olib kelishi mumkin boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar va axborotlarni oʻrganish, muntazam ravishda ularni yigʻish hamda tahlil qilish
Uchrashuvda Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zebiniso Raxmonova, universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Zebo Saidova, Samarqand viloyati “Oqila ayollar” yetakchisi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi, rektor maslahatchisi Jamila Sayfiddinova, Samarqand davlat universiteti xotin-qizlar maslahat kengashi koordinatori Sharofat To‘xliyeva va boshqa Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining olima ayollari, umumta’lim maktablari va akademik litseylarning rahbar xodimlari, mahallalar xotin-qizlar faollari ishtirok etdilar.
Tadbirlarda universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Muqaddas Boboqulova, “Issiqlik gaz ta’minoti, ventilyatsiya va servis”, “Qurilishda menejment” kafedralari katta o‘qituvchilari Zebo Xolmurodova va Yaxshigul Suyunova hamda hududiy tomonidan хotin-qizlarni ma’rifatli qilishda ularni ilmu fanga jalb etishda, madaniy saviyalarini ko‘tarishda davlatimiz tomonidan berilayotgan e’tibor va e’zozlanayotganligi, talaba-qizlar shaxsini yetuk qilib shakllantirilishi, ularning bugungi ma’naviy qiyofasi, odobi, axloqi, madaniyati, xotin-qizlarning ilm-fan, ta’lim va tarbiyada faol, ijodiy izlanuvchan, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirib olishlari baxtli kelajagi uchun asos bo‘lishi haqidagi fikrlar bildirildi
Ushbu seminarda SamDAQU xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Adolat Ziyotova ham faol ishtirok etdi va o‘z tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekanati tyutorlari Bashorat Turdiyeva, Munira Ortiqova va universitet psixologi Umida Najmiyevalar hamkorligida “Oila, oilaviy nizolar va ularni oldini olish, mustahkam oila qurish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda talaba qizlarga ilmiy asoslangan ma’lumotlar taqdim etildi va berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi
Joriy yilning 25-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Ota-onalar kongressi” o‘tkazildi. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor ham so‘zga chiqib suhbat ishtirokchilariga universitet hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Kongress davomida universitetda tahsil olayotgan iqtidorli va faol bo‘lgan bir guruh talaba-yoshlarning ota-onalariga rahbariyat tomonidan tashakkurnomalar topshirilib, farzandining na’munali xulqi hamda tarbiyasi uchun minnatdorlik izhor etildi.
Suhbat jarayonlaridan so‘ng ota-onalar universitet talabalar turar-joylarida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va 5 tashabbus markazi faoliyati bilan tanishtirildi. Bosh binoda joylashgan “Inkubatsiya markazi” faoliyati va markaz qoshida faoliyat yuritayotgan bir qancha markazlar, Axborot-resurs markazi haqida mutasaddilar tomonidan ma’lumotlar berildi.
Kunning ikkinchi yarmida universitetda tashkil etilgan “Ustozlar bog‘i”da yaxshi niyatlar bilan rahbariyat hamda ota-onalar va ularning farzandlari “Yashil makon umummilliy harakati” doirasida daraxt ekish marosimlarida ishtirok etdilar.
2023 yilning 16-noyabrida Qurilish fakulteti tyuterlari Guljahon Nurmuhammedova, Mahliyo Axmedova hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Shoxida Yuzbayevalar hamkorligida 2-son talabalar turar joyida “Qizlarjon” klubi chora tadbirlari asosida “Chevar qizlar” va “Pazanda qizlar” shiori ostida tadbirlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda talaba-qizlar shartlar asosida o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Tanlovda qizlarning tikuvchilik va pazandachilik bo‘yicha bilimlari, mahoratlari saralandi. G‘olib bo‘lgan qizlar tashkilotchilar tomonidan turli darajadagi diplom va faxriy yorliqlar topshirildi.
SamDAQU Xotin-qizlar maslahat Kengashi qoshida “Qizlarjonklubi” tashkil etilgan. Klub faoliyati talaba qizlarga hunar o`rgatish, odob-axloq, oilaga tayyorlash kabi masalalarni ilgari suradi. Har o`quv yili boshida klubning koordinatorlari saylanib, yillik ish-rejalar ishlab chiqiladi.
•Bizning unversitetda 2023- o’quv yili bo’yicha bitiruvchi ayollar ulushi; 1166 umumiy bitiruvchilar soni shundan 216 tasi ayollar
Bizning unversitetda 2024-o’quv yili bo’yicha bitruvchi ayollar ulushi; 1718 umumiy bitiruvchilar soni, shundan 242 tasi ayollar
Ayol bitiruvchilar soni yildan yilga oshib bormoqda