O'ta qashshoqlikka barham berish
Samarqand davlat arxitektura qurilish universitetida rahbariyat, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida muammolar va muammolarni aniqlash, siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish, aralashuvlarsiz va aralashuvlarsiz ehtimoliy kelajakni modellashtirish, aralashuvlar bo’yicha monitoring va hisobot berish va moslashishni ta’minlashga qaratilgan ochiq suhbat o’tkazildi. Ishtirokchilarga “Bitiruv malakaviy ishi va yakuniy davlat attestatsiya”si hamda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” haqida ma’lumotlar berildi. Ma’lumot o’rnida, Taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yo‘nalish, 398 ta band hamda 100 ta maqsaddan iborat. Strategiyani 2022-yilda amalga oshirishga oid Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlar uchun 55 trillion so‘m va 11,7 milliard AQSh dollari ajratilishi nazarda tutilmoqda.
Joriy yilning 23-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Malayziya xalqaro islom universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tashrifi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet rahbariyati va Malayziya xalqaro islom universiteti rahbariyati bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida, tomonlarning kelajakdagi istiqboli hamkorlik kelishuvlari o‘zaro muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida keng doiradagi hamkorlik memorandumi imzolandi
Ispaniya va O‘zbekiston rektorlarining ilk seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Janob Fransisko Pinielha Kadis universiteti rektori, Janob Bruno Garsiya de Leon Kadis meri, Amaya Mendicoetchea xonim Madrid avtonom universiteti rektori va Ispaniya universitetlari rektorlari konferensiyasi vakili, Janob Diego Ruiz Alonso alohida masalalar bo‘yicha elchi Ispaniya Tashqi ishlar vakili, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasining birinchi kotibi konsullik bo‘limi mudiri Shuhrat Odilov, Janob Xose Aurelio Yanesa Ispaniya Universitetlar vazirligi Ta’limni xalqarolashtirish xizmati Ispaniya oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘limi direktorlar hamda O‘zbekiston OTMlarining bir guruh rektorlari ishtirok etmoqdalar.
Kadis universitetida bo‘lib o‘tayotgan ushbu seminarda OTM rektorlari tomonidan “Ispaniya va O‘zbekiston tizimlari” to‘g‘risida taqdimotlar hamda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari tizimlari, Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi universitet hamkorligini rivojlantirishning institutsional vositalari: Pretsedentlar va kelajak imkoniyatlari”, “Til sohasidagi hamkorlik: O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari hamkorligining yangi strategiyalarini ishlab chiqishning kalitidir” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatlarida SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz “O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari hamkorligining muvaffaqiyatli amaliyotlaridan na’munalar” mavzusida o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tarmoq sessiyalarida, tanishuv hamda o‘zaro kelishuv marosimlari ham tashkil etildi. Ushbu sessiyalarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ispaniyaning Yena universiteti, Huelva universiteti hamda Malaga univeristetlari bilan o‘zaro hamkorlik va anglashuv memorandumlarini imzolashga erishdi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilar bilan esdalik uchun foto muhrlandi va mehmonlar uchun Kadis shahri bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta’lim forumini Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov va Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar ochib berdilar.
Tadbirda Turkiya oliy ta’lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari rektor va prorektorlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar.
Kunning ikkinchi qismida forum sho‘ba yig‘ilishlari bilan davom etdi. Ularda energetika, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, arxitektura va qurilish sohalarida qo‘shma fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashilindi.
Forum doirasida 70 ga yaqin hujjat imzolandi. Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.
SamDAQU Turkiyaning 8 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi
Endlikda SamDAQU o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, magistrlik va doktorlik dissertatsiya ishlari Turkiyalik hamkasbalari bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan holda olib borishadi.