SamDAQUda 19 ta kafedra faoliyat olib boradi. Kafedralar qoshida 5 ta ilmiy tadqiqot markazlari hamda 1ta Masulyati cheklangan jamiyat tashkil etilgan.
Ilmiy tadqiqot markazlari Universitetda ta’lim va tadqiqotni uyg‘unlashtirish orqali barqaror shaharsozlikka oid aholi punktkarini rejalashtirish va rivojlantirishning muommalari: ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyena, muhandislik-texnik, memoriy va badiiy (estetik) vazifalar majmuasini hal qilish.
Yuqori bosqich talabalari, magistrantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilarni jalb qilgan holda yangi turdagi innovatsion qurilish materillari, buyumlari ishlab chiqarish texnologiyasi sohasida kompleks ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish
Universitetining intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida intellektual mulk obektlarini patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomalarni tayyorlash, rasmiylashtirish va topshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi
Ilmiy tadqiqot markazlari asosiy ilmiy yo’nalishi bo’yicha ilmiy tadqiqot, tajriba ishlarni olib boradigan ilmiy tadqiqot tashkiloti bo’lib hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot markazi (ITM) dagi ilmiy tadqiqot ishlar (ITI) respublikaning iqtisodiy sohasidagi dolzarb ilmiy-ijodiy muammolarni yechish va o’quv jarayoni bilan bevosita bog’langan bo’lishi kerak
Markaz o’z belgilangan asosiy yo’nalishi bo’yicha til o’qitish, xorijdan kelgan professor-o’qituvchilarga o’zbek tilini o’rgatish, nutq madaniyatini rivojlantirish, qurilish va arxitektura sohasida ish yurituvchi xodimlami Davlat tilida ish yuritishga o’qitish, yo’nalishi bo’yicha arxitektura va dizayn sohasida tahsil olayotgan Ialabalarga tasviriy va amaliy san’at namunalarini o’rgatuvchi hamda ishlab chiqaruvchi hisoblanadi
SamDAQU 2023 yilda 20 ga yaqin Qozog`iston, Turkiya, Tojikiston va bir qator davlatlar bilan davlat vakillari bilan hamkorlikda yozilgan ilmiy maqolalar mavjud.
Tr | Ilmiy tadqiqot markazlari | Ta`sischi |
1 | “Shaharsozlik tadqiqotlari” ilmiy tadqiqot markazi | Universitet |
2 | “Qurilish materilallari ilmiy-tadqiqot markazi” | Universitet |
3 | “O‘zbek tili va san’atshunoslik” markazi | Universitet |
4 | “Samarqand davlat arxitektura-qurilish loyiha ilmiy tadqiqotlari markazi” | Universitet |
5 | “Madaniy merosni tadqiq qilish” ilmiy tadqiqot markazi | Universitet |
6 | “Zamin va poydevorlar” MChJ | Madatov Abdiraxim |
SamDAQU O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi, Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`zbekiston Erasmus vakolatxonasi, Elsevier nashriyot kompaniyasi, Tubitakning Marmara ilmiy markazi, shuningdek, barqaror shaharlar va jamiyat qurishda 59 ta davlat unitary korxonalari hamda loyiha institutlari bilan hamkorlik qiladi.
SamDAQUda professor-o`qituvchilari Tashkilotda barqaror va ekologik shaharlar va jamiyatlar, shuningdek iqlim o‘zgarishlari, suv resurlarini boshqarish va qurilish materiallariga doir dolzarb mavzularga alohida e’tibor qaratiladi
SamDAQUda professor-o`qituvchilar va xodimlarning malakasini oshirish maqsadida 2023 yilda 59 nafar o`qituvchi va xodimlar xalqaro universitetlarda ilmiy stajirovka o`tashga muvaffaq bo`ldilar.
SamDAQU 2023 holatiga ko`ra 44 ta xalqaro oliy ta`lim muassasalari bilan kadrlar tayyorlash, turli xil innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning tajribasini oshirish, oliygohlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, arxitektura va qurilish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish masalalari bo`yicha hamkorlikni yo`lga qo`ydi.
Joriy yilning 23-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Malayziya xalqaro islom universitetining professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tashrifi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Rektori Chidem Turkyilmaz boshchiligida universitet rahbariyati va Malayziya xalqaro islom universiteti rahbariyati bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida, tomonlarning kelajakdagi istiqboli hamkorlik kelishuvlari o‘zaro muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida keng doiradagi hamkorlik memorandumi imzolandi
Ispaniya va O‘zbekiston rektorlarining ilk seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Janob Fransisko Pinielha Kadis universiteti rektori, Janob Bruno Garsiya de Leon Kadis meri, Amaya Mendicoetchea xonim Madrid avtonom universiteti rektori va Ispaniya universitetlari rektorlari konferensiyasi vakili, Janob Diego Ruiz Alonso alohida masalalar bo‘yicha elchi Ispaniya Tashqi ishlar vakili, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasining birinchi kotibi konsullik bo‘limi mudiri Shuhrat Odilov, Janob Xose Aurelio Yanesa Ispaniya Universitetlar vazirligi Ta’limni xalqarolashtirish xizmati Ispaniya oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘limi direktorlar hamda O‘zbekiston OTMlarining bir guruh rektorlari ishtirok etmoqdalar.
Kadis universitetida bo‘lib o‘tayotgan ushbu seminarda OTM rektorlari tomonidan “Ispaniya va O‘zbekiston tizimlari” to‘g‘risida taqdimotlar hamda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari tizimlari, Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi universitet hamkorligini rivojlantirishning institutsional vositalari: Pretsedentlar va kelajak imkoniyatlari”, “Til sohasidagi hamkorlik: O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari hamkorligining yangi strategiyalarini ishlab chiqishning kalitidir” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazildi.
Ushbu davra suhbatlarida SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz “O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari hamkorligining muvaffaqiyatli amaliyotlaridan na’munalar” mavzusida o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Tarmoq sessiyalarida, tanishuv hamda o‘zaro kelishuv marosimlari ham tashkil etildi. Ushbu sessiyalarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ispaniyaning Yena universiteti, Huelva universiteti hamda Malaga univeristetlari bilan o‘zaro hamkorlik va anglashuv memorandumlarini imzolashga erishdi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilar bilan esdalik uchun foto muhrlandi va mehmonlar uchun Kadis shahri bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.
O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta’lim forumini Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov va Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar ochib berdilar.
Tadbirda Turkiya oliy ta’lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari rektor va prorektorlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar.
Kunning ikkinchi qismida forum sho‘ba yig‘ilishlari bilan davom etdi. Ularda energetika, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, arxitektura va qurilish sohalarida qo‘shma fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashilindi.
Forum doirasida 70 ga yaqin hujjat imzolandi. Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.
SamDAQU Turkiyaning 8 ta nufuzli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi
Endlikda SamDAQU o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, magistrlik va doktorlik dissertatsiya ishlari Turkiyalik hamkasbalari bilan o‘zaro hamkorlikka asoslangan holda olib borishadi.
SamDAQU 2023 yilning 24-27-aprel kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya oliy ta’lim muassasalarining ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida ta’lim Forumining asosiy uchrashuvlardan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining Samarqand va Jizzax shaharlarida joylashgan oliy ta’lim muassasalarinig vakillari ishtirok etdilar.Unda tomonlar o‘rtasida turli xil innovatsion loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning tajribasini oshirish, oliygohlar o‘rtasida xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, arxitektura va qurilish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishlarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi
SamDAQU Tayland qirolligining poytaxti Bangkok shahrida “Global barqaror taraqqiyot” Kongressi ishtirok etdi.
Ushbu Kongress Buyuk Britaniyaning “The World Universities Insights Limited” kompaniyasi va Tayland Oliy ta’lim, fan, taraqqiyot va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, barqaror kelajak uchun oliy ta’lim, hukumatlar, sanoat va jamiyatni birlashtirishni maqsad qilgan.
Kongressda muhokama qilinishi kutilayotgan masalalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals – SDGs)ga hamohangligi bilan ham ahamiyatlidir
SamDAQU Forum Markaziy Osiyodagi oliy ta’lim kelajagini belgilovchi dolzarb muammolar va innovatsion yechimlarni o‘rganishga qaratilgan
Shuningdek, Samarqand shahrining Silk Road by Minyoun mehmonxonasida Xitoy – Markaziy Osiyo beshta davlatining transport infratuzilmasi bo‘yicha kadrlar tayyorlashga bag‘ishlangan seminar boʻlib oʻtdi.
Mazkur seminarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bilan Shensi Temir yoʻl kasb-hunar texnika kolleji hamda Chang‘an universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi