SAMDAQUDA ARZON VA TOZA ENERGIYA BO`YICHA TADQIQOTLAR

SamDAQUda “Mexanika muhandisligi” kafedrasi va Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti “Suv ta’minoti, issiqlik va ventilyatsiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari hamkorligida yozgi maktabda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Samarqand shahrida gaz va issiqlik ta’minotida mavjud bo‘lgan muammolarni hamda ist’emolchilarga betalofat yetkazishda mavjud muammolarni hal qilish, ularni yechimlari ustida hafta davomida olib borilgan ishlar yakuni bo‘yicha “Mexanika muhandisligi” kafedrasida taqdimotlar o‘tkazildi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida arzon va toza energiya manbalarini tadqiq qilishga ixtisoslashtirilgan “Mexanika muhandisligi” kafedrasi tashkil etilgan.

Kafedra

“60712300 – Mexanika muhandisligi (bakalavr)

60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi (bakalavr)

70730401 – Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji (Magistr)

05.09.03 – Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish hamda 05.05.06 – Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari ixtisosligi bo`yicha Tayanch doktorantlar tayyorlaydi.

14   CiteScore       4,06    FWCI     112 CC

Universitetda arzon va toza energiya mavzulariga ba`g`ishlangan nufuzli jurnallardagi ko`rsatkichlari

SAMDAQUDA ARZON VA TOZA ENERGIYAGA QARATILGAN CHORA-TADBIRLAR

2023-yil 30-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitetura-qurilish uniersiteti “Mexanika muhandisligi” kafedrasi mudiri Zafar Fayziyev tomonidan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari falsafa doktori Gulmira Keldiyorova rahbarligidagi birinchi bosqich magistrantlari uchun “Sanoat ekologiyasi va muqobil energetika” fanidan ochiq dars o‘tkazildi.

Bugungi kunda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalari, quyosh energiyasi bilan ishlaydigan energiya qurilmalarini tadbiq qilish bo‘yicha tushunchalar berildi. Bu turdagi qurilmalarning konstruktiv va ulanish sxemalari va ularning foydali ish ko‘rsatkichlari mavzulari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Joriy yilning 11-29-dekabr kunlari mobaynida SamDAQU “Mexanika muhandisligi” kafedrasi katta oʻqituvchilari Rustam Aymatov va Maftun Uzboyevlar universitetda taʼlim tizimini takomillashtirish, ilmiy tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish va taʼlim, ilm fan va ishlab chiqarishning oʻzaro integratsiyasini rivojlantirish hamda xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida Rossiya Fedratsiyasi poytaxti Moskva shahrida joylashgan Moskva davlat qurilish universitetida xizmat safarida bo‘ldilar.

Poytaxt Minsk shahrida joylashgan Belarus milliy texnika universitetida malakaviy xizmat safarini olib borayotgan kafedra mudiri Zafar Fayziyev kafedralararo bir qator kelishuvlarga erishdi.

BMTU YUNESKO “Energiyatejamkorlik va qayta tiklanuvchi energiya manbalari” kafedrasi mudiri Vyacheslav Chervinskiy hamda “Issiklik gaz taʼminoti va ventilyatsiya” kafedra mudiri texnika fanlari dotsenti Aleksandr Pexotalar bilan SamDAQU va BMTU o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan kafedralararo hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Shartnomaga asosan kelajakda birgalikda amalga oshirilishi ko‘zlangan ishlar yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, YUNESKOning “Energiyani tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalari” kafedrasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va ma’daniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti hamda Belarus Respublikasining YUNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi ko‘magida 2023-yil 20-22-dekabr kunlari “Energetika sektorini karbonsizlantirish, ilmiy bilimlar almashinuvida YUNESKO kafedrasining roli. Energetikani rivojlantirishning ekologik jihatlari”ga bag‘ishlangan xalqaro ekspertlar seminari o‘tkazildi.

Ushbu xalqaro ekspertlar seminarida “Mexanika muhandisligi” kafedrasi mudiri Zafar Fayziyev “O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyaning rivojlanishi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etib, Xalqaro ekspertlar seminarining moderatori texnika fanlari nomzodi, dotsent Vyacheslav Chervinskiy tomonidan e’tirof etildi.

Yozgi maktab davomida Qurilish fakulteti “Mexanika muhandisligi” kafedrasi mudiri v.v.b Zafar Fayziyev hamda kafedra katta o‘qituvchisi Shavkat Usmonov tomonidan xorijlik professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialiga tashrif uyushtirildi.

Mehmonlarni filial direktori Ansor Muhammadiyev iliq kutib olib, korxona haqida qisqacha ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Korxonaning umumiy strukturasini va uning tuzilmasini esa kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sur’at Odilov batafsil tushuntirdi.

Tashrif davomida, iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan gazni korporatsion boshqaruv punkti ishi va bugungi kunda viloyat, shahar va tumanlardagi gaz iste’molchilarida uchrayotgan muammolar hamda ularning yechimlari borasida bosh mutaxassis Xasan Doniyorov tomonidan qiziqarli tarzda tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, avariya dispetcherlik xizmati va Samarqand shahrini ta’minlovchi birinchi yuqori bosimli gaz tarqatish punktlari bilan ham tanishtiruv jarayonlari olib borildi.

2023 yilning 21-25-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida xorijlik talabalar uchun yozgi maktab tashkil etildi.

Qurilish fakultetining “Mexanika muhandisligi” kafedrasi hamda “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan bir haftalik dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijlik professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan Samarqand shahrining mavsumiy yog‘ingarchilik davrida suv toshish muammosi va uning yechimlari, Respublikada gaz sanoatini rivojlantirish, iste’molchilarni uzluksiz va betalofat gaz bilan ta’minlashda gaz tarmoqlarining roli, undagi muammolar va ularning yechimlari (Samarqand shahri misolida) mavzulari xususida olib borilishi ko‘zlangan.

Hozirda Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining professor-o‘qituvchilari va bir guruh talabalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishgan.

Ushbu loyiha oliy ta’lim muassasasi talaba yoshlari, xorijiy mamlakat talaba va professor-o‘qituvchilari, universitet ilmiy tadqiqotchilari hamda loyiha tashkilot mutaxassislari hamkorligida mavjud muammoni yechimlariga qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil qilindi.

SAMDAQUDA ENERGIYANI TEJAYDIGAN REKONSTRUKSIYA VA QURILISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son 2023-yilda Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan Universitetda 2023 yilda Ma’lumot o‘rnida hozirgi kunda universitet bosh binosida 100 kWh’lik quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, yana 440 kWh’lik quyosh panellari universitetning talabalar turar joylari hamda Arxitektura fakultetining tom qismlariga o‘rnatilmoqda quyosh panellari o`rnatildi

Universitet hududida 3500 o‘ringa mo‘ljallangan yangi zamonaviy o‘quv binosi ham qurilmoqda. Hozirda binolarning ichki va tashqi qismlarida qurilish-obodonlashtirish ishlari bilan birga tom qismlarida muqobil energiya bilan ta’minlovchi quyosh panellari ham o‘rnatilmoqda

Jumaladan yog`och romlar o`rniga 81 ta energiya samarador alyuminiy va plastigiga almashtirildi;

420 m.kv Devorlarni izolyatsiyasini basalt qoplamasi bilan qoplandi;

Yaroqsiz holga kelgan 10 ta  isitish radiator va quvurlar almashtirildi;

80 m Isitish tizimi quvurlarini issiqlik izolyatsiyasi bilan qoplandi;

20 Sig`imli chiroqlarini energiya tejamkoriga almashtirildi;

8 ta Harakat datchiklari o`rnatildi;

Konditsionerlarni yoqish bo`yicha grafiklar tuzildi

SAMDAQUDA ENERGIYA SARFINI KAMAYTIRISHNI REJALASHTIRISH

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Turkiyaning “Technicall Renewable Energy Consulting Trading Limited” kompaniyasining, elektrotexnika va elektronika muhandisi Kerem Cilli ishtirokida 2023-yilning 18-may kuni universitet kichik faollar zalida “Qayta tiklanuvchi energiya manbasi sifatida quyosh panellarini o‘rnatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish usullari” mavzusidagi amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tdi.   Kun tartibiga ko‘ra seminar-treningda invertor turlari, fotovoltaik panellar, elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini hisoblash, quyosh energiyasi ekotizimi kabi masalalarga bag‘ishlangan sessiyalar interaktiv savollar va javoblar ko‘rinishida olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son 2023-yilda Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan Universitetda tizimli ishlar rejalashtirilmoqda

SAMDAQUDA ENERGIYA SARFI

SamDAQU Uglerodni ko’p iste’mol qiladigan energiya sanoatidan asta sekinlik bilan voz kechish siyosatin yo`lga  qo`ygan
Bugungi kunda universitet neftdan umuman foydalanmaydi. Biroq isitish mavsumida  tabiiy gaz bilan bog`liq muammolar yuzaga kelishi mumkinligini hisobga olib, ko`mir zaxirasiga ega.

SamDAQUda kishi boshiga  601967 m.kv energiya sarfi to`g`ri keladi

57896 m.kv

Universitetning umumiy maydoni

57430 m.kv

Universitetda isitiladigan hududlar maydoni

466 m.kv

Universitetning isitilmaydigan hududlari maydoni