“Ayol o‘zi uchun imtiyoz talab qilmaydi, ortiqcha xayrixohlik kutmaydi. Unga o‘zini namoyon qilish uchun erkaklar bilan teng sharoit yaratib, adolatli munosabatda bo‘linsa bas.
Ayollarga aytar so‘zim shuki, qadringizni biling, orzularingizdan voz kechmang, qiyinchilikdan qo‘rqmang, sira ortga chekinmang. Siz tahsinga sazovorsiz”.
Gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarinigina ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, ularga hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berishni huquqiy kafolatlaydi. Binobarin, har qanday rivojlangan demokratik jamiyatning muhim talablaridan biri ham shu — ayollar va erkaklar huquqlari tengligining ta’minlanishidir.
Mamlakatimizda gender tenglikka erishishda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini yanada kuchaytirish masalasi davlat va jamiyatning doimiy diqqat markazida turibdi. Zero, bu muhim omil oilani mustahkamlash, yuqori intellektual darajadagi yosh avlodni voyaga yetkazish, jamiyat barqarorligini ta’minlashning asosiy poydevori hisoblanadi.
E’tiboringizga havola etilayotgan 1-jadvalda SamDAQUda o‘qish uchun kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar statistikasi, ularning yillar kesimida o‘sish sur’ati keltirib o‘tilgan.
5,3.1 Kirish choralarini kuzatish Ayollarning ariza berish darajasini, qabul qilish yoki kirish darajasini muntazam ravishda o’lchash va kuzatib borish.
Ayollarning arizalarini qabul qilish, qabul qilish, kirish va universitetda ishtirok etish bilan bog’liq siyosatga ega bo’ling (masalan, Kirish va Ishtirok etish rejasi).
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga so‘nggi 4 yillikda umumiy talabalar soniga nisbatan ayollar soni o‘sish sur’ati 2-jadvalda keltirildi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti barcha ayollarni, ayniqsa, ayol talabalar uchun iqtisodiyot va boshqaruvning jamoamizda taqdim etiladigan noyob va noyob sohalar hisoblangan biznesni boshqarish, menjment, kuchmas mulk ‘rspertizasi, arxitektura, dizayin (lanshaft va interer), madaniy meros ob’ektlarini asrash va restovratsiya qilish, qurilish va muhandislik sohalarida bo’lishidan qat’iy nazar, o’zlari eng ko’p intilgan mutaxassislikka o’qishga kirishga undaydi.
SamDAQU ushbu sohalarni taklif qiladigan etakchi universitet sifatida qabul qilinadi, bu esa ayol talabalarning yuqori nisbatiga ega bo’lmagan magistratura bo’limlarga qanday alohida e’tibor qaratayotganini tushuntiradi. Hozirda 10 ta tijorat banklari bakalavriatda to’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan ayol talabalar uchun ta’lim kreditlari berishda ko/maklashmoqda. Bundan tashqari, magistratura to’lovi mutlaqo bepul ekanligi e’tirofga loyiq.
5,5 Diplom olgan ayollar ulushi
Ona va bola xonasi rasmi qo’yiladi
Har bir ota-ona o‘z farzandini oliy ta’lim muassasalarida katta umidlar bilan o‘qitadi. Ana shunday mas’uliyat yukini chuqur his qilayotgan universitet professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlarni Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk mutaxassis etib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratini safarbar etmoqda. 2022-yil 5 may kuni Qurilish fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda universitetda uzoq yillar faoliyat olib brogan va farzandlari ham shu oliygohda tahsil olib, bugungi kunda jamiyatda munosib o’ringa ega bolgan ota-onalar, professor-o‘qituvchilari, murabbiylar, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar. Tadbirda fakultet xotin-qizlar maslahat kengashi rasi tomonidan darslarni yaxshi o‘zlashtirgan, a’lo baholarga o‘qigan, yaxshi xulq-atvori bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va ko‘rik-tanlovlarda faollik ko‘rsatayotgan bir guruh talabalarning ota-onalariga tashakkurnoma taqdim etildi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand nogironlarga hayotda keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasiga alohida ahamiyat berib kelinadi.
Universitetda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini ta’minlab, barcha uchun ochiq va do‘stona bo‘lgan jamiyat qurishdan iboratdir.
O’zbekistonda gender tengligiga erishish bo’yicha olib borilayotgan ishlarga qaramasdan, jamiyatda mustahkam ildiz otayotgan gender stereotiplari va patriarxal munosabatlar bilan bog’liq bir qator to’siqlar mavjud
Ushbu norasmiy to’siqlar ayollar va erkaklar o’rtasidagi ta’lim, mulk, ish haqi, kasb tanlash va turli lavozimlarga erishish imkoniyatlari va shu kabi masalalarda davom etayotgan nomutanosiblikni keltirib chiqaradi.
Gender streotiplari sifatlar yoki xususiyatlar to’g’risidagi keng tasavvurlar, shuningdek, erkaklar va ayollar ega bo’lishi yoki bajarishi kerak bo’lgan roller bo’yicha jamiyatning taxminlarini anglatadi.