Barqaror Shaharlar va Aholi Yashash Joylari

SAMDAQU ILMIY TADQIQOTLARI

SamDAQU “Arxitektura” fakulteti mavjud. Fakultetda 4 kafedra faoliyat olib boradi.

“Arxitektura” kafedrasi

“Landshaft dizayni” kafedrasi

“Interyer dizayni” kafedrasi

“Shaharsozlik” kafedrasi

“Arxitektura” fakultetida 97 ta professor-o`qituvchilar mavjud bo`lib, ulardan 21 tasi ilmiy darajaga ega.

SamDAQU axborot resurs markazi

2023 yilda fakultet o`qituvchilari tomonidan “Scopus” va Web of science bazalarida 4 ta , xalqaro jurnallarda 127 ta ilmiy maqola chop ettirgan. Ilmiy maqollariga keltirilgan iqtiboslar soni 1054 tani tashkil etadi.

Samarqand Davlat arxitektura va qurilish universiteti Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-381 –sonli qarori bilan tashkil qilingan

ARM da jami fond 400100 ta, shundan 97401 ta darslik, xorijiy adabiyotlar 7200 ta 128248 ta o’quv qo’llanma, 57145 ta badiiy adabiyot, 103498 ta ilmiy adabiyotlar va 37204 boshqa adabiyotlarni tashkil etadi.

Talabalar uchun 4 ta 56 o’rinli o’quv zallari faoliyat ko’rsatmoqda. Bundan tashqari 1-sonli talabalar turar joyida ham 1 ta 14 o’rinli o’quv zali, 2-talabalar turar joyida 12 o’rinli o’quv xonasi, 4-talabalar turar joyida 12 o’rinli o’quv xonasi mavjud.

SAMDAQU TALABALARINING MUZEYLARGA TASHRIFI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Yosh mutaxassislar markazi”ning bir guruh talabalari “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida Xorazm va Buxoroga sayohat qildilar. Ushbu sayohat ikki kunlik dasturni o‘z ichiga qamrab olib, reja asosida Urganch, Xiva va Buxoro shahrining tarixiy yodgorliklari, qadimiy maskan va qadamjoylarini ziyorat qilishdan iborat boʻldi.

Sayohat taassurotlari bilan qaytgan talabar o‘z fikrlari bilan bo‘lishdilar.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti talabalariga “Qotog’on qurbonlari” muzeyiga tashkil etilgan sayohat

11-oktabr kuni Talabalar dekaning yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari va tyutorlar hamda “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti 1-bosqich “Qiymat injeneringgi va ko‘chmas mulkni bosqarish” ta’lim yo‘nalishi talabalari Samarqand shahridagi tarixiy obidalarni ziyorat qilish maqsadida Registon maydonining tarixi bilan yaqindan tanishildi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 130 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. Ularda saqlanayotgan eksponatlar soni 2,17 milliondan oshgan. Quyida xorijiy sayyohlar orasida ommaviylik bo‘yicha TOP-5 hisoblanadigan muzeylar ro‘yxatini keltiramiz.

Samarqandda 2023 yilda 17 ta madaniy meros ob`yetlari va muzeylari mavjud.

 Samarqand viloyatida 2023 yil holatiga ko`ra 17 ta Muzeylar, madaniy me’ros ob`yektlari mavjud. Universitet talabalari yil davomida ushbu muassasalarga bepul tashrif buyurishadi.

OCHIQ YASHIL MAYDONLAR

Hududimizda tabiati o‘zgarmagan, shifobaxsh xususiyatlarga ega ajoyib vodiylar mavjud bo‘lib, ularning qadr-qiymati bebahodir. Sof tabiat har qanday shifokordan yaxshiroq davolash imkonini beradi. Tog‘ buloqlari, zich archa o‘rmonlari, to‘qayzorlar va tiniq ko‘llar bunday joylardir. Bunday tabiiy go‘zalliklarni ko‘z qorachig‘idek muhofaza qilish zarur. Bu maqsad davlatimiz tomonidan Milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar tashkil etish orqali amalga oshirilmoqda. Ana shunday kam sonli bog‘lardan biri – Zarafshon milliy tabiat bog‘idir. U o‘zining beg‘ubor o‘rmonlari, tog‘ oldidagi to‘qay o‘simliklari, biologik xilma-xilligi va tabiiy sharoiti bilan mashhurdir. 

SamDAQU Takabalar dekanati tyutori B. Turdiyeva va Arxitektura fakulteti o‘qituvchisi L. Zolotdinova tomonidan tashkil etilgan “Zarafshon qo’riqxonasiga” sayohat Arxitektura yo‘nalishi 1 va 2-bosqich talabalarining bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, shuningdek, ekologiyani muhofaza qilish va tabiatni asrash maqsadida amalga oshirildi.

  Zarafshon bog‘i 1975-yilda Samarqand viloyatining janubi-sharqida, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘ida tashkil etilgan. Uning maydoni ikki ming gektardan ortiq hududni qamrab oladi. Bog‘ hududi daryo bo‘ylab tor chiziqda joylashgan bo‘lib, uzunligi 46 kilometrni tashkil etadi. Bog‘ni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘ziga xos o‘simlik dunyosini tabiiy holatda saqlab qolishdir. Maydoni kichik bo‘lishiga qaramay, bu yerda to‘qayzorlar bilan birga mevali daraxtlar, tol, terak, dengiz shimoli, qamish, qizilmiya, zaytun va boshqa ko‘plab o‘simliklar ham o‘sadi. Zarafshon qo‘riqxonasi dengiz itshumurtisi o‘sadigan yagona joydir.

  Bog‘ning faunasi ham juda boydir. Bu yerda 80 dan ortiq turdagi hasharotlar, 20 dan ortiq turdagi mollyuskalar va 240 dan ortiq umurtqali hayvonlar yashaydi. Doimiy yashovchilardan cho‘l toshbaqasi, qumli boa, ko‘l qurbaqasi va o‘q ilonini keltirish mumkin. Shuningdek, bu yerda 207 turdagi qushlar va 24 turdagi sutemizuvchilar, jumladan, kirpi, tulki, qarsak tulkisi, ondatra, dasht mushugi va kelinchak mavjud. 2000-yilda qo‘riqxona hududida Buxoro bug‘ularini joylashtirishga urinishlar ham amalga oshirilgan.   Zarafshon milliy tabiat bog‘ining o‘ziga xos go‘zalliklari va muhim ekologik roli talabalarga ham chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Sayohat davomida talabalar Zarafshon bog‘ining biologik xilma-xilligi, shifobaxsh o‘simliklari va hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishdilar, bu esa ularning tabiatni saqlashga bo‘lgan mas’uliyatini yanada oshirdi. Shuningdek ular tabiatni muhofaza qilish va asrashning naqadar muhim ekanligini chuqur anglab yetishdi.

2023 yilda SamDAQU Arxitektura fakulteti 1- bosqich talabalari va Talabalar dekanati tyutori B.Turdiyeva hamda Arxitektura fakulteti o‘qituvchilari L.Zalotdinova va F. Abdullayevalar talabalarni bo’ sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida Samarqand shahridagi Koni Ghil Meros XK Qog’oz ishlab chiqarish fabrikasiga ekskursiya tashkil etishdi.Talabalar bu qiziqarli ekskursiyadan kerakli ma’lumotlar olib, qog’ozning kelib chiqish tarixini va  ularni qiziqtirgan savollariga javob olib mamnun bo’lib keldilar.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish Universiteti Arxitektura fakultetining birinchi,ikkinchi va uchinchi bosqich talabalarini bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Talabar dekanati tyutori Bashorat Turdiyeva hamda Arxitektura fakulteti o‘qituvchilari Firuza Abdullayeva va Lolita Zalotdinovalar tomonidan SAG Gilamlari zavodiga tashrif tashkil etishdi.Bu tashrif davomida talabalar juda qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lib,mazmunli tashrifdan yaxshi kayfiyatda qaytishdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet hududida “Ustozlar bog‘i” yaratildi.

Bog‘ning ochilish marosimida universitet rektori Chidem Turkyilmaz va universitet rahbariyat vakillari so‘zga chiqib ushbu loyihada barcha profesor-o‘qituvchilar hamda talabalarni faol ishtirok etishga chorladilar.

Shundan so‘ng barcha ishtirokchilar nihol ekish uchun mo‘ljallangan bog‘ning quyi qismiga o‘tishdi. Barcha prorektorlar universitet rektori boshchiligida yaxshi niyatlar ila o‘z ustozlariga atab mevali daraxtlarni ekdilar. Loyihada atrofida yig‘ilganlarga jarayon davomida ustozlari bilan o‘tgan qiziqarli va yorqin xotiralarni so‘zlab berdilar.

Mazkur loyiha doirasida endilikda barcha professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘z ustozlariga atab mevali daraxt ekishini ko‘zda tutadi. Va bu tashabbus an’anaga aylantiriladi.

Bu bilan professor-o‘qituvchilar o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim dargohida ishlagan (ishlayotgan) ustozlar nomini abadiylashtirish, dargohda iz qoldirish, ta’lim dargohlarida ushbu xayrli tashabbusni an’ana holiga keltirish maqsad qilib olingan.

Universitet hududida joylashgan bog`larga universitet xodimlari va talabalari kun davomida tashrif buyurishadi. Bog`da sport maydonchalari, futbol maydoni, maysazorlar, bolalar maydonchalari va ochiq maydonlar mavjud. Universitetda aks etgan bog‘ hamda alleya esa Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalari ichida tabiati ko‘rkam yagona go‘zal maskan deya e’tirof etiladi

0
0
0

5 tashabbus yo`nalishidagi klublar

Mutaxasislik yo`nalishidagi klublar

Boshqa turdagi klublar

11.4 barqaror amaliyotlar

SamDAQU Samarqand shahrining chekka hududlarida joylashgan bo`lib, universitetga xodimlar va talabalar piyoda, velosipedda, yengil avtomashinalarda, jamoat transportlarida kelib ketishadi. Universitet hududida piyoda yo`laklari, velosiped uchun joy, avtoturargohlar, jamoat transporti uchun bekatlar mavjud.

  Ko`p sonli universitet xodimlari va talabalari jamoat transportidan foydalanishadi, shuningdek, ekologik barqaror muhit yaratish maqsadida ularga qo`shimcha jamoat transportlari yo`lga qo`yilgan.

SAMDAQUDA TALABALAR UCHUN ARZON TURAR JOY

SamDAQUda talabalar uchun arzon uy-joy berish maqsadida jami 3 ta talabalar turar joyi tashkil etilgan.

  Shundan jami talabalar turar joyi 1115 nafar sig`imga ega. Ushbu talabalar turar joyi umumiy turar joy narxlaridan 50% arzonlashtirilgan.

1-TTJ 487 oʻrinli

2-TTJ 360 oʻrinli

4-TTJ 308 oʻrinli

 Talabalar uchun arzonlashtirilgan turar joyda nogironligi bor talabalar hamda kam ta`minlagan talabalar uchun bepul o`rinlar ajratilgan.

Ozbakiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9- sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-son qaroriga asosan, Samarkand Davlat Arxitektura va Qurilish Universitetida (SamDAQU) talabalarga arzon uy-joy bilan ta’minlash maqsadida qo‘shimcha turar joy qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, 2024-2025-yillar davomida 800 o‘rinli talaba turar joy binosi bunyod etiladi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida umumiy 4 ta fakultet binosi va 3 ta talabalar turar-joylari mavjud bo‘lib, ularning barchasi deyarli bir hududda joylashgan.

  Ma’lumot o‘rnida, bosh bino hamda kampus orasidagi masofa, yo‘l bo‘ylab tahmiman 1 km, piyoda esa oralab chiqilsa tahminan 500 metrni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.11.2022 yildagi PQ-416-son arorida belgilangan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI” ning 36-bandiga asosan SamDAQUda universitetning ta`mirtalab holga kelgan oshxona binosi(11.4.9) o`rnidan 3000 o`rinli yangi o`quv binosi qurilmoqda. Binoning qurilishida va universitetdagi boshqa qurilish va-rejalashtirish ishlarida “Yagona buyurtmachi” DUK bilan hamkorlik qilinmoqda.

Universitet qurilish va rejalashtirishda O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining Qarori Qurilish sohasidagi normativ hujjatlarni xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligiga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”da belgilangan  O`zbekistondagi Respublikada qo‘llanishiga ruxsat etilgan xorijiy normativlarni: Yevrokodlarni (European Codes, ES); Britaniya standartlarini (British Standards, VS); Xitoy milliy qurilish standartlarini (GB, CJ, JC, JG va boshqalar); Koreya qurilish kodlarini (Korean building code, KVS); Rossiya qurilish me’yorlari va qoidalarini (SNiP); AQSh xalqaro qurilish kodlarini (International building code, IBC); Yaponiya milliy standartlarini (Japanese Industrial Standards, JIS) implementatsiya qilish.

2023-yil 19-oktabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘ida asosida hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Talabalar dekanati tyutorlari tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida Talabalar dekanati tyutori Farangiz Mamadaliyeva tashabbusi hamda SamDAQU Yoshlar ittifoqi hamrohligida 18-oktabr Samarqand kuniga bag‘ishlangan Qurilish fakultetining 1-2-bosqich talaba qizlari o‘rtasida “Samarqand go‘zali” deb nomlangan ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik-tanlovda talaba qizlar 4 ta shart jumladan, tanishtiruv, milliy liboslar ko‘rgazmasi, pazandalik va anonim (o‘sha mavzuga ta’rif berish) mavzudagi shartlar asosida bellashdilar.

Tanlov Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov, Klublar faoliyati boshlig‘i Charos Xushmurodova va Qurilish fakulteti Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ahmad Kamolovlar hakamligi ostida o‘tdi. Tanlovda qizlar o‘zlarining serqirra ijodlarini namoyon etdilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Pirimboyeva Marjona, 2-o‘rinni Hayitboyeva Dilafro‘z va 3-o‘rinni Quvondiqova Umidalar egalladilar. Tanlov g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

2022-yilning 8-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qaroriga asosan institutimizga universitet maqomi berildi.

Hozirda mutaxassislik yo‘nalishidagi klublar qoshida 10 ta pullik o‘quv kurslar ham faoliyat olib bormoqda.

2023-yil 8-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Talaba klublari” yo‘nalishlaridan “Mnemonika” va “IT club” klublari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Talabalar dekani Bekzod Saidov va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari va tyutorlari tashrif buyurdilar. Avvalo klub rahbari Sevinch Omonova tomonidan “Mnemonika” klubi taqdimoti boʻlib oʻtib, qiziqarli xotira mashqlari va ma’lumotlar bilan talabalarning savollariga to‘laqonli javoblar berildi.

Shundan soʻng “IT club” taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot so‘ngida barcha talabalar qiziqishlari inobatga olingan holda klublarning keyingi faoliyati va rejalari kelishib olindi.

2023-yil 8-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida birinchi bosqich talabalari uchun “Orientation weeki” tanishtiruv haftaligi doirasida SamDAQU “Zakovat” intellektual klubining 2023/2024-o‘quv yilida ilk tanishtiruv o‘yini o‘tkazildi.

Tanishtiruv oʻyinini SamDAQU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov va SamDAQU “Talaba klublari” boʻlimi boshligʻi Charos Xushmurodova kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

Soʻng “Zakovat” universitet terma jamoasi sardori Temurjon Ibodullayev talabalarga klub haqida dastlabki tushunchalarni berib oʻtdi. Jumladan, oʻyinlar boʻlib oʻtadigan joy, shart-sharoitlari, mukofot jamgʻarmasi, oʻyin qoidalari va vaqtlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek universitet terma jamoasi oʻyinlari va yutuqlari xususida ham talabalarga keng maʼlumotlar berib o‘tildi.

2022-yilning 8-noyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-sonli qaroriga asosan institutimizga universitet maqomi berildi.

Shu munosabat bilan 2023-yil 4-noyabrda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tashkil etilgan Talaba klublari faoliyati bo‘yicha taqdimotlar namoyish etildi.

Taqdimotning dastlabki kunida “Munozara”, “Yosh volontyorlar” va “Zakovat” klublari faoliyati namoyish etildi.

Universitetning 5 tashabbus markazi faollar zalida “Zakovat” intellektual klubi faoliyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Klub koordinatori Temurjon Ibodullayev boshchiligida terma jamoa faoliyati va erishgan yutuqlari xususida ma’lumotlar berildi. Taqdimot so‘ngida SamDAQU akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida intellektual o‘yin tashkil etildi. Klubga a’zo bo‘lish istagini bildirgan o‘quvchilar haftaning har seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan turnirlarda jamoaviy ishtirok etishga kelishib oldilar.

2023-yil 19-sentabr kuni “BUTUNJAHON TOZALIK KUNI — YURTIMIZ OZODALIGIGA HAR BIRIMIZ MASʼULMIZ!”shiori ostida “Yosh volontyorlar” klubi a’zolari targ‘ibot tadbirini tashkil etdi.


Butunjahon tozalik kuni — bu insoniyat oʻzi yashab turgan hududda tozalikni oʻrnatish gʻoyasini ifoda etadi. Gʻoya dastavval 2008-yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 koʻngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar. Bugungi kunga kelib mazkur kun koʻngillilarning bir kun davomida 180 dan ortiq mamlakatni bir maqsad sari birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakati ifodasini topgan jarayonga aylandi. Ushbu sanaga bagʻishlangan tadbirlar Oʻzbekistonda ilk bor 2019-yildan boshlab sentabr oyining uchinchi shanbasida oʻtkazilib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan SamDAQU “Yosh volontyorlar” klubi a’zolari, ko‘ngilli yoshlar bilan birgalikda universitet hududida tozalash ishlarini olib bordilar. Klub a’zolari va yoshlar tozalikni taʼminlash har birimizning fuqarolik burchimiz deb hisoblaydi va bu kabi amallar nafaqat, yilning aynan bir kunida, balki, har kuni bajarilishi lozim bo‘lgan ish ekanligini yana bir bor eslatib qo‘yishni joiz deb topdi. Shundagina biz yashayotgan sayyorada tozalik, ozodalik, pokizalik hukm suradi.

Joriy 2023 –yil   20- sentabir Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ahmad Kamolov,1-sonli TTJ tarbiyachi-pedagogi Aziz Tursunov hamda Ahmad Yassaviy, Mirzo Ulug‘bek, Lolazor MFY yoshlar yetekchilari hamkorligida joriy yilning 16-sentabr sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida, SamDAQU TTJ talabalari va mahalla yoshlari o‘rtasida “Biz-sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil qilindi.

2023-yil 8-sentabr kuni “Orientation week” talabalar haftaligi doirasida tashkil etilgan “Talaba klublari” bilan tanishtiruv taqdimotida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov ma’lum qildi.

Tashkil etigan 31 ta klublar shartli ravishda 5 muhim tashabbus va mutaxassislik yo‘nalishlariga ajratilgan bo‘lib, 5 muhim tashabbus klublari umumiy kordinatori etib Ikrom Davurov, mutaxassislik yo‘nalishidagi klublar umumiy kordinatori etib Jahongir Otamurodov tayinlangan.

Hozirda mutaxassislik yo‘nalishidagi klublar qoshida 10 ta pullik o‘quv kurslar ham faoliyat olib bormoqda.

2023-yil 8-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Talaba klublari” yo‘nalishlaridan “Mnemonika” va “IT club” klublari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda Talabalar dekani Bekzod Saidov va Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari va tyutorlari tashrif buyurdilar. Avvalo klub rahbari Sevinch Omonova tomonidan “Mnemonika” klubi taqdimoti boʻlib oʻtib, qiziqarli xotira mashqlari va ma’lumotlar bilan talabalarning savollariga to‘laqonli javoblar berildi.

Shundan soʻng “IT club” taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimot so‘ngida barcha talabalar qiziqishlari inobatga olingan holda klublarning keyingi faoliyati va rejalari kelishib olindi.

2023-yil 8-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida birinchi bosqich talabalari uchun “Orientation weeki” tanishtiruv haftaligi doirasida SamDAQU “Zakovat” intellektual klubining 2023/2024-o‘quv yilida ilk tanishtiruv o‘yini o‘tkazildi.

Tanishtiruv oʻyinini SamDAQU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov va SamDAQU “Talaba klublari” boʻlimi boshligʻi Charos Xushmurodova kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

Soʻng “Zakovat” universitet terma jamoasi sardori Temurjon Ibodullayev talabalarga klub haqida dastlabki tushunchalarni berib oʻtdi. Jumladan, oʻyinlar boʻlib oʻtadigan joy, shart-sharoitlari, mukofot jamgʻarmasi, oʻyin qoidalari va vaqtlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek universitet terma jamoasi oʻyinlari va yutuqlari xususida ham talabalarga keng maʼlumotlar berib o‘tildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Zoʻravonlikka qarshi kurash aksiyasi” doirasida fakultetlararo “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Intellektual o‘yinda ishtirok etgan “Qizlarjon” klubining aʼzolari iqtidorlarini namoyon etdilar. Natijada “Muhandis qizlar” jamoasi 1-oʻrin, “Ekonomistlar” 2-oʻrin, “Yosh arxitektorlar” jamoasi 3-oʻrinni egalladilar.

Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” shiori ostida fakultetlararo talabalar bellashuvi o‘tkazildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida  Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda Arxitektura fakultetining “Yosh arxitektorlar”, Qurilish fakultetining “Senator”, Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetinig “Aktiv 555”, Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetining “2+2” hamda Arxitektura-qurilish texnikumining “Femida” jamoalari ishtirok etib, jamoalar 4 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetining “2+2” jamoasi 1-o‘rinni;

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetinig “Aktiv 555” jamoasi 2-o‘rinni;

Qurilish fakultetining “Senator”jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Barcha jamoalar o‘yin so‘ngida diplom va tashakkurnomalar hamda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Taqdirlash marosimida rag‘batlar va yutuqlar Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov tomonidan topshirildi.

Shuningdek, “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etgan ishchi-xodimlar hamda talabalarning nomlari e’tirof etilib, ularga ham tashakkurnomalar topshirildi.

Taqdimotga tashrif buyurgan universitet rektori Chidem Turkyilmaz va yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sh.Uzokov klub faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va klub faoliyatini qo‘llab-quvvatlashlarini aytib, kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladilar. Talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdilar.

Shundan so‘ng, “Talaba klublari” bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova klub faoliyati haqida qisqacha to‘xtalib o‘tib, klub qoshida talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar uchun ingliz tili, turk tili va rus tili bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv kurslar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

2023-yil 25-dekabr kuni “Zakovat intellektual klubi” NNT Samarqand zakovat klubi jamoalari orasida o‘tkazilgan Breyn-ring turniri g‘oliblari aniqlandi.
Ushbu o‘yinda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “Bunyodkor” terma jamoasi munosib ishtirok etib faxrli 2-o‘rin va bir martalik pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Davra suxbati;   Joriy  2023- yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nazarbek Axmedov, tyutorlar Surayyo Januzakova, Zoyir Umirzakov hamda fakultetning iqtidorli talabalari Lazizbek Turdibekov, Ibrohim Normurodov, Sevinch Omonovalar tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talaba yoshlar orasidan o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishlar bo‘yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.