Transport Kamaytirish Strategiyasi 2030

Maqsadimiz

Transportdan chiqadigan zararli chiqindilarni kamaytirish va barqaror mobilitetni ta’minlash

🌿
Transportdan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirish va kampus havo sifatini yaxshilash.
🚴
Talaba va xodimlar uchun kampus ichida xavfsiz va qulay mobilitetni ta’minlash.
♻️
Talabalar va universitet xodimlari o’rtasida “yashil madaniyat”ni targ’ib qilish.
📱
Raqamli texnologiyalar va aqlli tizimlar orqali transport samaradorligini oshirish.
🏙️
Shahar jamoat transport tizimi bilan integratsiyani ta’minlash.
🎯

2025–2030 yillarga kelib, xalqaro “Yashil Kampus” standartlariga muvofiq, universitet kampusi ichida barqaror, ekologik toza va innovatsion transport tizimini barpo etish.

Rejamiz

Yashil Kampusga yo’l xaritasi — olti yillik bosqichma-bosqich reja

  • 2025
    Infratuzilma poydevorini mustahkamlash

    Transport Strategiyasini ishlab chiqish va Boshlang’ich infratuzilmani tayyorlash

    • Kampus transport auditi o’tkazish
    • Velosiped yo’laklari uchun bosh reja tayyorlash
    • Shuttle xizmati uchun texnik-iqtisodiy asoslama ishlab chiqish
  • 2026
    Ekologik transport joriy etish

    Velosiped tizimini rivojlantirish va Somaked–Universitet shuttle yo’nalishini ishga tushirish

    • Kampusda xavfsiz va yaxshi yoritilgan velosiped yo’laklari barpo etish
    • Avtomatlashtirilgan velosiped ijarasi tizimini o’rnatish
    • Saqlash joylari va ta’mirlash stansiyalari ta’minlash
    • Elektr/gibrid shuttle avtobuslari sotib olish
    • Belgilangan avtobus to’xtash joylari ajratish (Somaked–Universitet yo’nalishi)
  • 2027
    Ichki kampus shuttle va avtomobilsiz zonalar

    Ichki Kampus Shuttle Xizmati va Avtomobilsiz Zonalar

    • Kichik elektroavtobuslar xarid qilish
    • Yo’nalishlarni talab va ehtiyojga qarab belgilash
    • Elektr transporti uchun xizmat markazi tashkil etish
    • Markaziy hududlarni faqat piyoda va velosiped uchun ochish
    • Nazorat punktlari o’rnatish (kirish ruxsatnomalari)
  • 2028
    Raqamli transformatsiya va monitoring

    Raqamli Monitoring Tizimi va Shuttle Samaradorligini Baholash

    • Mobil ilova orqali real vaqtli monitoring
    • Sun’iy intellekt asosida yo’nalishlarni optimallashtirish
    • Foydalanuvchi tajribasi (UX) tahlili
    • Istiqboldagi kengaytirish yo’nalishlarini rejalashtirish
  • 2029
    Integratsiya va hamkorlikni kuchaytirish

    Shahar Transport Tizimi bilan Integratsiya va Yillik Obuna Tizimi

    • Shahar hokimiyati va transport boshqarmasi bilan hamkorlik
    • Boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan “Yashil transport alyansi”
    • Talaba va xodimlar uchun ekologik transport obunasi
  • 2030
    Standartlashtirish va doimiy takomillashtirish

    Xalqaro Standartlarga Muvofiqlik va “Yashil Kampus” Sertifikatsiyasi

    • Transport xavfsizligi va chiqindi monitoringini xalqaro darajaga olib chiqish
    • Sertifikatlash jarayoniga tayyorgarlik ko’rish
Kutilayotgan Natijalar

Strategiyani amalga oshirishning ijobiy ta’siri

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kampus hududida transportni kamaytirish strategiyasini joriy etish orqali bir qator ijobiy natijalarga erishishni ko’zda tutadi. Avvalo, bu chora-tadbirlar ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi: avtomobillardan chiqadigan zararli gazlar miqdorini kamaytirish, atmosfera havosini tozalash va yashil hududlarni ko’paytirish orqali sog’lom muhit shakllantiriladi.

Shuningdek, kampus hududida piyodalar va velosipedchilar harakatini qulay va xavfsiz qilish orqali talaba hamda xodimlarning sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan. Transport shovqini kamayishi hisobiga o’quv jarayonlari uchun tinch va qulay sharoit yaratiladi, markaziy maydonlar esa talabalar faoliyati uchun ochiq jamoat makoniga aylanadi.

Strategiya avtomobilga bog’liqlikni kamaytirib, jamoat transporti hamda mikromobilitet vositalaridan foydalanishni rag’batlantirish orqali barqaror mobilitet modelini shakllantirishni ham nazarda tutadi. Raqamli boshqaruv tizimlari yordamida transport oqimini samarali tashkil etish, avtoturargohlarni tartibga solish va xizmat ko’rsatish logistikasini optimallashtirish ko’zda tutilgan.

Eng muhimi, bu tashabbuslar universitetning milliy va xalqaro miqyosdagi obro’sini oshiradi, zamonaviy, xavfsiz va ekologik barqaror kampus modelini yaratadi hamda talabalar uchun innovatsion ta’lim muhiti shakllantirishga xizmat qiladi.